Samarqandda "Samarkand Touristic Centre" II yillik turizm forumi bo'lib o'tdi

2024 yil 10 dekabr kuni Samarqand turizm markazida "Samarkand Touristic Centre" MChJ va Samarqand viloyati Turizm bosqarmasi hamkorligida tashkil etilgan "Samarkand Touristic Centre" II yillik turizm forumi bo'lib o'tdi. Kengaytirilgan formatda o'tkazilgan forumda viloyatimiz mehmonxonalari rahbarlari, sayyohlik agentliklari va turopetatorlar, shuningdek, turizm markazining turli bo'limlari vakillari ishtirok etishdi.
Forumning asosiy maqsadlari mehmondo'stlik sanoatini rivojlantirish uchun munozara maydonini yaratish, tajriba almashish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha amaliy bilimlar olish, shuningdek, biznes vakillarini hamkorlik uchun muloqotga jalb etishdir.
Konferensiya davomida ishtirokchilar 2025 yildagi rejalar, viloyat turizm sanoatini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Shu bilan bir qatorda, xavfsizlikni ta'minlash, xizmatlar sifati, yangi texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi muhim mavzular muhokama markazida bo'ldi.