Samarqandda “Samarqand blogerlar nigohida” nomli press-tur o‘tkazildi


Photo

Joriy yilning 9-10-iyul kunlari “Samarqand blogerlar nigohida” nomli 2 kunlik press-tur tashkil etildi. Press-turda yurtimizning nufuzli OAV vakillari, taniqli blogerlar hamda yirik turoperatorlar vakillari ishtirok etib, Samarqandda yangi tashkil etilgan turistik obyektlar bilan tanishtirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-fevraldagi "Ohalik-Oqbo'yro-Mironqul" turistik-rekreatsion zonasi faoloiyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qarori bilan Samarqand viloyati hokimligiga Samarqand tumanining  turistik salohiyatini keng ommaga namoyosh qilish vazifasi yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan, press-tur davomida "Ohalik-Oqbo'yro-Mironqul" turistik-rekreatsion zonasida tashkil etilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.