Samarqandda “Turizm. Fan. Innovatsiyalar”, “Tourism and technology” summiti va “ Tourism and society think tank” forumi boʻlib oʻtdi


Photo

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan anjuman va forum ilm-fan va turizm vakillarini birlashtirdi.

Har qanday faoliyatni, har qanday sohani yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini joriy qilmasdan ilgari surish mumkin emas.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sanoati raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan omillar ta’sirida shakllanmoqda.

Sayyohlar uchun birinchi raqamli xizmatlar 2000-yillarning boshida paydo bo'lgan va turar joyni onlayn bron qilish va chiptalarni sotib olishga qaratilgan edi. Booking.com mijozlarga butun dunyo bo‘ylab kichik mehmonxonalarni ko‘rish imkonini yaratdi.

2018-yildan boshlab O‘zbekistonda xorij fuqarolarini ham E-mehmon portali, ham mobil ilova orqali masofadan turib ro‘yxatdan o‘tkazish usuli yo‘lga qo‘yildi, bu esa ro‘yxatdan o‘tish va chiqish jarayonlarini mehmonlar va mehmonxona xodimlari uchun tez va qulay qiladi.

Shuningdek, 2018-yildan boshlab mamlakatimizda dunyoning ko‘plab davlatlarining xorijiy fuqarolari diplomatik vakolatxonalarga bormasdan elektron turistik viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘lgan “E-visa” portali faoliyat ko‘rsatmoqda.

2019-yildan buyon Samarqand shahrida ilmiy-maʼrifiy loyiha faoliyat koʻrsatmoqda, uning doirasida mutaxassislar tadqiqot olib bormoqda va “aqlli muzey” konsepsiyasi va uni raqamli rivojlantirish strategiyasini shakllantirmoqdalar.

Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab tarixiy obidalar QR kodlar bilan jihozlangan. Bu kodlar sayyohlarga o‘z smartfonlarida tarixiy obida, shuningdek, yaqin atrofdagi mehmonxonalar, restoranlar va boshqa diqqatga sazovor joylar haqidagi barcha ma’lumotlarni bir necha soniya ichida qulay shaklda olish imkonini beradi.

IT-tizimlari orqali faol oʻzaro taʼsir qiluvchi eng yangi Smart texnologiyalari mamlakatimiz turizm sanoatida keng qoʻllanilmoqda. Bunga kengaytirilgan, virtual, aralash haqiqat (VR/AR/MR) va boshqa texnologiyalar kiradi.

Konferentsiya ma'ruzachilari onlayn tarzda va shaxsan ishtirok etdilar.

Lyublin universiteti (Polsha) professori Yeji Montusyevichning “Ko‘zi ojiz odamlar tomonidan teginish orqali tanib olish uchun obyektlarni tayyorlashda 3D chiqarish texnologiyasi” nomli ma’ruzasi onlayn sayohat imkoniyatlarining yangi davrini ochadi.

Sorbonna universiteti (Fransiya) o‘qituvchisi Darius Riazi “Fransiya va O‘zbekistonda turizm bo‘yicha hulosalar: amalga oshirish va muammolar” mavzusidagi ma’ruzasida nafaqat erishilgan muvaffaqiyatlarga to‘xtalib, balki muammolarni bartaraf etish usullarini ham taklif etdi.

Forumda IT-parkning hududiy filiali, xalqaro aeroport bojxona xizmati, sayyohlik kompaniyalari va Samarqand shahridagi mehmonxona biznesi vakillari ishtirok etdi.O‘zbekistonda birinchi marta joriy etilgan “Invisible Samarkand” loyihasi rahbari Ravshan To‘raqulov Samarqandda diqqatga sazovor joylariga sayohat misolida shahar turizmiga immersiv texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Turizmdagi innovatsiyalar – umuman sohada ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bunday innovatsiyalarni joriy etish natijasi mamlakatga turistlar oqimining ko'payishi va foydaning oshishi hisoblanadi.