Samarqandliklar “Seoul International Travel Fair -2023”da ishtirok etmoqda.


Photo

Samarqand viloyat turizm salohiyati, xalqaro aeroportining imkoniyatlari,  sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan ifratuzilma obyektlari hamda o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi to’g’risida olib borilgan  targ’ibot ishlari koreyaliklarda katta taasurot uygo’tdi.

Xalqaro ko’rgazmada Samarqanddan Negen tour, Sogdiana Avia Tour kabi turistik korxonalar, “Khan Akhmad” restotranlar tarmogi va “Gastro Expert” akademiyasi hamda “Medina” mehmonxonasi mas’ullari ishtirok etishmoqda.  Xalqaro ko’rgazmaning ilk kunida Samarqandning biznes vakillari bilan koreyalik tadbirkorlar o’rtasida 50 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ko’rgazma o’z ishini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun: “SITF-2023” 38-Xalqaor turizm ko’rgazmasi Osiyo mintaqasida tashkil etiladigan eng yirik turizm ko’rgazmalaridan biri hisbolanadi. Bu yilgi ko’rgazmada 70 mamlakatdan 80 000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.