Samarqandning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko'rgazmasi Issyk-Kul International Tourism Fair — 2024 xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasi g‘olibi bo‘ldi.


Photo

Samarqandning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko'rgazmasi Issyk-Kul International Tourism Fair — 2024 xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasi g‘olibi bo‘ldi.

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida, “Rux Ordo” madaniyat markazi hududida «Issyk-Kul ITF-2024 «We are Nomads» Issiqko‘l xalqaro sayyohlik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

«Issyk-Kul ITF-2024» xalqaro sayyohlik kompaniyalari, turoperatorlar va agentliklar, turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, aviatashuvchilar va media sektor vakillarini birlashtirgan.

Samarqandning turistik salohiyatini keng ommalashtirish maqsadida hududiy turizm mahsulotlari, milliy liboslar, hunarmandchilik, amaliy san’at va o‘zbek milliy shirinliklari taqdimotidan iborat turistik burchak tashkil etildi.

«Issyk-Kul ITF-2024 «We are Nomads» ko‘rgazma-yarmarkasi yakunlari bo‘yicha Samarqand stendi eng yaxshi tashkil etilganligi uchun birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.