Sayyohlik tur kompaniyalari rahbarlari va gidlar diqqatiga!


Photo

Sizga shuni ma’lum qilamizki, yo`lovchilar guruhlariga chipta rasmiylashtirishda, avval ularning ma'lumotlari keltirilgan ro`yxat chiptaxonalarda tasdiqlangan bo`lishi lozim.

Endilikda temir yo’l vokzallariga kirishda ma’lumotlari chiptaxonalarda tasdiqlanmagan yo‘lovchilar poyezdlarga chiqishiga ruhsat etilmaydi!

Sayyohlik tur kompaniyalari tomonidan O`zR Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-aprel kunidagi "O`zbekiston Respublikasi temir yo`l transportida yo`lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari" to`g`risidagi 109-sonli qarorining 5-bo‘lim 41-bandining buzilish holatlari kuzatilmoqda. Mazkur bandda “Yo‘lovchini vagonga o‘tkazganda vagon kuzatuvchisi chiptani, unda ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgining mavjudligini, shuningdek, yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirishi shart. Taqdim qilinayotgan hujjatda familiyasi mos kelmaganda, chiptada familiya yo‘qligi yoki o‘zgartirilgan (to‘g‘rilangan)da, shuningdek, ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi mavjud bo‘lmaganda, yo‘lovchining yo‘lovchi tashish poyezdiga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaslikka haqlidirlar”.

Sizdan yuqorida keltirilgan qarorning bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan tartibga, shuningdek, qoidalarga e'tibor berishingiz va amal qilishingizni so`raymiz!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati