Sherdor madrasasining surati Yaponiya umumta’lim maktablari uchun “Jahon tarixi” darsligining muqovasiga joylashtirildi.

Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.
Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan.
Qo‘llanma aprel oyidan boshlab yangi o‘quv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.