Shu kunlarda Isroilning Tel-Aviv shahrida IMTM-2023 “The International Mediterranean Tourism Market” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Xalqaro sayyohlik yarmarkasi Isroilda 29 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda va 2017 yildan buyon O‘zbekiston nufuzli xalqaro ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Ko‘rgazma doirasida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning sayyohlik darvozasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda Samarqandning keng sayyohlik salohiyati, yangi infratuzilma obyektlari va xorijlik sayyohlar uchun imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Isroilning World Jewish Travel tashkiloti tashabbusi bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston va Turkiya ishtirokida “Yahudiy ipak yo‘li” loyihasining ishga tushirilishi mintaqamiz turizm bozori uchun muhim voqea bo‘ldi.
Yarmarka kunlarida Samarqand viloyati vakillarining ishbilarmonlik uchrashuvlari, qo‘shma turlar o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida 62 ta shartnoma imzolandi.