Shu kunlarda Samarqand viloyati turizm sohasi vakillari Yevropa mamlakatlariga xizmat safarida.


Photo

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aviareyslar sonini oshirish, MICE turizm yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish orqali 2023-yilda Samarqandga 2 mln 104 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Samarqand viloyati delegatsiyasining yurtimizning turizm salohiyati targ’iboti yuzasidan Yevropa mamlakatlariga xizmat safari boshlandi.

Delegatsiya a’zolari xizmat safarining ilk kunida Latviya Respublikasining Riga hamda Yurmala shaharlarida bo’lib, “Alta” turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi a’zolari bilan uchurashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand – Yangi O’zbekistonning turizm darvozasi” targ’ibot kompaniyasi tashkil etilib, Latviya turizm sohasi vakillari bilan xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etish, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda so’nggi yillarda Samarqandda tashkil etilgan yangi turizm mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi. Uchrashuv doirasida B2B formatidagi uchrashvlar tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

Shuningdek, Riga shahridagi O’zbekiston savdo uyida yurtimizga turizm sohasida investitisya kirtish istagida bo’lgan investortlar bilan uchrashuvlar o’tkazlidi. Savdo uyida Samarqand turizmini targ’ib etish yuzaidan doimiy hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha Savdo uyi rahbariyati bilan kelishib olindi.

Samarqand va Riga muzeylari o’rtasida hamkorlikda muzeylar faoliyatini rivojlantirish va muzeylarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali tashrif buyuruvchilar sonini yanada oshirish masalalarini muhokama etish bo’yicha “Riga Birjasi”  san’at muzeyi rahbariyati bilan kelishib olindi.