Shu kunlarda Toshkentda “Turk dunyosi YUNESKOsi” deb ham ataladigan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan tantanalar bo‘lib o‘tdi.


Photo

Madaniy-badiiy tadbirlar tashkil etish orqali ushbu tashkilot ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Davlatimiz rahbari TURKSOY tashkilotining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan madaniyat kunlari ishtirokchilariga murojaatida ta’kidlaganidek: “Biz azaldan tarixi, tili va dini, urf-odat va an’analari, bugungi orzu-intilishlari mushtarak bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashda TURKSOYning ulkan o‘rni hamda ahamiyati borligini minnatdorlik bilan e’tirof etamiz”.

Madaniyat kunlari ishtirokchilari Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.