Sohibqiron Amir Temur Samarqand shahri atrofida ko‘plab bog‘-rog‘lar, xiyobonlar barpo etib, obodonchilik ishlarini olib borgan. Shulardan biri 1396-1402 yillarda barpo etilgan “Sheroz” harbiy qalʼasidir.


Photo

Qalʼani 20 metr chuqurlikdagi Bulung‘ur  arig‘i o‘rab turadi.

Bulung‘ur arig‘ining eni 18-20 metr bo‘lib hech bir dushmanning qalʼaga o‘tishiga imkoniyat bermaydi.

Sheroz qalʼasi umumiy maydoni 6-7 gektar maydonni tashkil etadi.

Qalʼa atrofida 9 dona buloqlar bo‘lib, shulardan 3 tasi saqlab qolingan. Bulung‘ur arig‘idan 2 tomonga o‘tish uchun mustahkam ko‘prik qurilgan.