“Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur hujjat Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikdagi talablar, shu jumladan, litsenziya va ruxsat berish tizimini tartibga solish taʼsirini baholashdan o‘tkazish orqali ishlab chiqilgan.
Farmon bilan 2024 yil 1 martdan boshlab 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi.
Jumladan, 3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkaziladi; masalan, endilikda turagentlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.
Chiqish turizmini amalga oshirishda 15 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.