Taniqli xalqaro brendlar mehmonxonalarning mavjudligi O‘zbekistonning turistik jozibadorligini oshirib, ichki va xalqaro turizm bozorlarida raqobatbardoshligini mustahkamlamoqda.


Photo

Taniqli xalqaro brendlar mehmonxonalarning mavjudligi O‘zbekistonning turistik jozibadorligini oshirib, ichki va xalqaro turizm bozorlarida raqobatbardoshligini mustahkamlamoqda.

Mövenpick Hotels & Resorts xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i hozirda 25 mamlakatda joylashgan 90 dan ortiq mehmonxonalarga ega.

Mövenpick 1940-yillarda Ueli Prager tomonidan asos solingan: birinchi Mövenpick restorani 1948 yilda ochilgan, birinchi Mövenpick Wein vino do'koni 1962 yilda ochilgan va birinchi ikkita Mövenpick brendli mehmonxona 1973 yilda Tsyurixda ochilgan.

“Mövenpick Samarkand” mehmonxonasi to‘rt yulduzli Registon Plaza mehmonxonasini ta’mirlash va rebrendingi natijasida ochildi.Yetti qavatli “Mövenpick Samarkand” mehmonxonasi mehmonlarga turli toifadagi 165 ta xonani taklif etadi – standartdan to “suit”gacha. Mehmonlar suzish havzasi bo'lgan SPA markazi, lounge bari bo'lgan keng lobbi va gastronomik restorandan foydalanishlari mumkin. Mehmonxona infratuzilmasi bayramlar va korporativ tadbirlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali zalni ham o'z ichiga oladi.