Teatr va boshqa turdagi madaniy tadbirlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida shu kunlarda Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh vakillari Ozarbayjonning Ganja shahrida bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida Ganja davlat qo‘g‘irchoq teatri direktori Farmoil Pashayev va Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori Feruzbek Abdurayimov o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib, memorandum imzoladilar.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki teatr o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma spektakllar yaratish, ikki teatr ijodkorlar, dramaturglar, rejissyorlar o‘rtasida gastrol safarlarini tashkil etish, shuningdek, rassomlar va aktyorlarning mahoratini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.