Toshkent "Destination Forum" konferensiyasiga mezbonlik qiladi


Photo

Madaniyat va turizm vazirligi Germaniya turizm assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. - DRV) bilan birgalikda Germaniya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari va mehmonxona xo‘jaligi vakillari uchun “Destination Forum” xalqaro konferensiyasini tashkil etmoqda. 

DRV Germaniya turizm industriyasining yetakchi assotsiatsiyasi bo‘lib, mamlakat turizm bozorining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi barcha turoperatorlar va mehmonxona korxonalarini qamrab oladi.

Mehmonxonalar uyushmasi barcha hamkorlarni 2023-yil 16-may kuni soat 09:30 da "InterContinental Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan "Destination Forum" konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Joylar soni cheklanganligini hisobga olib, har bir sayyohlik kompaniyasidan bittadan vakil taklif qilinadi (ariza shakli ilova qilinadi).

Murojaat uchun: +99897 401-19-90 

Programma

 Ishtirok etish uchun ariza

Germaniya turoperatorlari ro'yxati