Turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom 17-bandiga muvofiq Toshkent shahri va viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylariga va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-Mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 593-son qaroriga muvofiq, “E-mehmon” dasturi – xususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi hisoblanib, joylashtirish vositalarining belgilangan tartibda sertifikatsiz va

“E-mehmon” dasturisiz faoliyat yuritishi taqiqlanadi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab turistik (mehmonxona) yig‘im hisoblash va to‘lashda quyidagilarga etibor berishingiz so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2023-yil 1-yanvardan boshlab turistik (mehmonxona) yig‘im hisoblash va to‘lashda quyidagilarga etibor berishingiz so‘raladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, joylashtirish vositalari (davolash muassasalari):

turistik (mehmonxona) yig‘im – joylashtirish vositalari tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, mahalliy fuqarolardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizi miqdorida, xorijiy fuqarolardan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq miqdorlarda (ilova qilinadi), ular yashagan har bir kun uchun undiriladigan yig‘im. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi;

Turistik (mehmonxona) yig‘im:

palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati subyektlari (turoperator va turagentlar) tomonidan;

O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan;

 mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lanadi.

 o‘tgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini, to‘liq hajmda Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maxsus hisobvarag‘iga har joriy oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta’minlashi;

 turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini Jamg‘arma maxsus hisobvarag‘iga o‘z vaqtida yoki to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im o‘tkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lanishi hamda majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanganligi belgilangan.

  Joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi (“E-mehmon”)ni qo‘llagan holda turistik (mehmonxona) yig‘im hisobi avtomatlashtirilgan tizimda yuritiladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 593-son qarori talablariga muvofiq, joylashgan shaxslarning hisobi joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan yuritiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtda, qancha muddat bo‘lishlaridan qat’i nazar,

“E-mehmon” dasturi yordamida amalga oshiriladi.

Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 225-moddasi talablariga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish – bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda, me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib va muddatlarga amal qilishingiz so‘raladi hamda yuqoridagi vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan javobgarlik joylashtirish vositalarning masʼul shaxslari zimmasiga yuklatilganligi ma’lum qilinadi.