Turizm biznesi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Photo

Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda Samarqand viloyati turizm boshqarmasi rahbariyatining turizm biznesi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda turizm xizmatlarini ko‘rsatishdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2024-yilda xorijiy xalqaro sayyohlik yarmarkalari va B2B uchrashuvlarida ishtirok etish masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Xususan, “Marakand Trans Express” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari J.Suvonov qishki mavsumda yoshlar turizmini tashkil etish bo‘yicha konstruktiv takliflar bildirdi.

Uchrashuv “Grand Plaza” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi