Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21fevraldagi «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona Nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-sonli qarori bilan “Turizm faoliyatini litsenziyalash pasporti” tasdiqlangan va qo‘ydagi litsenziya talablari va shartlari belgilangan.
Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyindagilardan iborat:
a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;
b) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega bo‘lgan yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi;*
d) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikati olishi;*
e) «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;*
f) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini taqdim etish;
g) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;
h) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud bo‘lsa), turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlari uchun masʼul bo‘lgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan maʼlumotlarni o‘zining xalqaro Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
i) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi «ichki turizm» yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);
j) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi;*
k) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi («chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*
l) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi («chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);*
m) faoliyatni faqat litsenziyada ko‘rsatilgan yo‘nalish(lar) bo‘yicha amalga oshirish;*
m) mijozlar yoki chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini ko‘rsatmaslik;*
n) turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni taʼminlash tizimining litsenziatda mavjudligi.
Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
a) turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish;
b) turizm faoliyatining «chiqish turizmi» yo‘nalishida faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;*
d) «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;*
e) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targ‘ib va realizatsiya qilish;*
f) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;
g) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi «ichki turizm» yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);*
h) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan maʼlumotlarni o‘zining xalqaro Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish.