UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumining turizmni rivojlanishida ahamiyati


Photo

UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumining turizmni rivojlanishida ahamiyati

17–18-oktabr kunlari Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Global investitsiya forumi doirasida jahon turizmini zamon talablari darajasida rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab innovatsion tashabbus va samarali takliflar ilgari surildi.

Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Oʻzbekiston hukumati Tashkiliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aziz Abduhakimov  va UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili ushbu nufuzli tadbirning ahamiyatini yana bir bor ta’kidladi.

Tadbirda 100 ga yaqin davlatdan 634 nafar vakil, jumladan, 122 yirik xorijiy investor va 540 mahalliy kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini taqdim etmoqda. Shu bilan birga 170 ta lot ochiq kim oshdi savdosiga qo'yiladi.

Ushbu forum turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutadi va O‘zbekistonda turizm biznesining gullab-yashnashi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

Turizm sohasida o‘z biznesini yuritayotgan 70 dan ortiq Samarqandlik tadbirkorlar ham ushbu investitsiya forumida ishtirok etdi.

Forumning birinchi kunida Samarqandlik tadbirkorlar umumiy qiymati 220 million dollarlik o‘nga yaqin shartnoma va investisiya bitimlarini imzoladilar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar.