Uzbekistan Airways’dan Navro‘z bayramiga 21% chegirma.

Navro‘z bu yangilanish, yosharish fasli. Ushbu bayramda yurtimiz, ayniqsa uning shaharlariyu qishloqlari go‘zallashib ketadi. Mazkur go‘zalliklardan vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlari bahramand bo‘lishlari uchun Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21% chegirma e’lon qiladi.
Chegirma shartlari quyidagicha:
- Chegirmalarni birlashtirish (bolalarniki bundan mustasno) taqiqlanadi;
- Yuqoridagi chegirmalar 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (INF) amal qilmaydi;
- 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25% bolalar chegirmasiga qo‘shimcha ravishda 21% chegirma taqdim etiladi;
- Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi. Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi;
- To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.