Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, “Silk Road Samarkand ” turizm markazi rahbariyati va gidlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Photo

Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, “Silk Road Samarkand ” turizm markazi rahbariyati va gidlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chogʻida “ Silk Road Samarkand ” hududida dam olish, davolash-sogʻlomlashtirish, sport va ishbilarmonlik turizmi uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, “Silk Road Samarkand” rahbariyati turizm markazi hududida yangi obʼyektlar, jumladan, akvapark, bolalar uchun koʻngilochar majmua va qumli plyaji mavjud  biodengiz qurilishi  rejalashtirilganligini  maʼlum qildi.

R.Qobilov tadbir ishtirokchilarini ichki turizmni kengaytirish loyihalari va 2024-yilda xorijiy davlatlardan sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishtirdi.

Tajribali gidlar sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Uchrashuv Silk Road by Minyoun mehmonxonasida bo'lib o'tdi