WizzAir Abu Dabi budjet aviakompaniyasi Abu-Dabi-Samarqand-Abu-Dabi yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.


Photo

WizzAir Abu Dabi budjet aviakompaniyasi Abu-Dabi-Samarqand-Abu-Dabi yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlar sonini oshirmoqda.

Endi parvozlar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi: seshanba, payshanba va shanba kunlari Samarqanddan soat 11:20 da, yakshanba kuni esa soat 22:35 da (mahalliy vaqt bilan) jo'nab ketadi.
WizzAir Abu Dhabi qog'oz chiptalardan voz kechib yo'lovchilarga rasmiy veb-saytda yoki aviatashuvchining mobil ilovasida bepul onlayn ro'yxatdan o'tishni taklif qiladi. 

Shuningdek, ro'yxatdan o'tish Samarqand aeroporti terminalida qo'shimcha haq evaziga amalga oshirilishi mumkin.