Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlarda O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi” loyihasi doirasida mahoratli fotograflar Samarqadga kelishdi.


Photo

14 ta davlatdan kelgan nufuzli nashrlarda faoliyat ko‘rsatuvchi fotograflar o‘z media materiallarida Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor va turistik joylaridan tashqari etnografik an’analarni ham aks ettirishni rejalashtirgan.

Mehmonlarni viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov kutib oldi.