Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Samarqand-yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” shiori ostida Samarqand-Sian Forumi o‘tkazildi.


Photo

Joriy kunlarda viloyatimizning turizm sohasi vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida xizmat safarida bo‘lib turishibdi. Tashrif davomida turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun 30-iyul kuni Sianda “Samarqand-yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” shiori ostida Samarqand-Sian Forumi o‘tkazildi. 
Forumda Samarqand viloyat hokimligi hamda Shensi provinsiyasining turizmni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti Shaanxi Tourism Group CoLTD o‘rtasida ikki tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi. Tadbir doirasida Samarqandning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Samarqand-Sian Forumi doirasida Samarqand va Sian turizm sohasi vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar ham tashkil etildi.