Xitoyning “Ipak yo‘li” parkida Samarqandning madaniyat va turizm sektori ochiladi.


Photo

Shu kunlarda Samarqandning turizm sohasi bir guruh vakillari Xitoyning qadimiy Sian shahrida viloyatimizning turizm salohiyatini targ’ib etish maqsadida xizmat safarida bo’lib turibdi.
 
«Silk Road Happy World» xalqaro madaniy aloqalar va almashinuvlar bog‘i rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Buyuk ipak yo‘lidagi muhim nuqtalardan biri sifatida ushbu bog‘da Samarqand shahrining madaniyat va turizm sektorini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Ushbu tashabbus turizm sohasida madaniyatlararo kommunikatsiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.