Xorijiy ommaviy axborot vositalarining O'zbekistonning turizm salohiyatiga qiziqishi kundan-kunga ortib bormoqda, chunki O'zbekiston bugungi kunda eng mashhur yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.


Photo

Shu kunlarda Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylari va turizm salohiyati Italiya ommaviy axborot vositalari vakillarining diqqat markazida bo'ldi.

Italiyalik jurnalistlar Samarqand shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylariga, "Konigil" turistik qishlog'iga, "Silk Road Samarkand" majmuasiga tashrif buyurishdi, shuningdek, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Ushbu tashrif O'zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi ko'magida amalga oshirildi.