Xostel - tejamli toifadagi turar joy. Ingliz tilidan tarjima qilingan “hostel” yotoqxona degan ma'noni anglatadi.


Photo

Хostel — asosan budjetli turizm uchun, turli sig‘imli nomer yoki xonalarga ega va sanuzellari nomer yoki xonalardan tashqarida bo‘lgan, shuningdek mehmonlar muloqoti uchun alohida joyga ega vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan joylashtirish vositasi .
Deyarli har bir хostel o'z qulayliklariga ega: Wi-Fi, kir yuvish mashinasi, o'zingiz ovqat pishirishingiz mumkin bo'lgan oshxona.  

Shaxsiy narsalarning xavfsizligini ta'minlash uchun odatda bagajni saqlash xizmati ko'rsatiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qarori  (https://lex.uz/docs/4930291)bilan O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi  to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 56 ta xostel mavjud.