“Yashil” iqtisodiyotning yoʻnalishlaridan biri “yashil” turizm tendentsiyasidir.

“Yashil” mehmonxona bo'lish nafaqat iqtisodiy jihatdan samarali, balki atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, tabiiy resurslarni asrash, ijtimoiy mas'uliyatning namoyon bo'lishi - bu ko'plab tashrif buyuruvchilar uchun bugungi kunda birinchi o'ringa chiqmoqda.
Mehmonxonani “yashil” deb hisoblash uchun quyidagi asosiy elementlar bo‘lishi kerak:
- yaxshi tabiiy yorug'lik;
- shamol yoki quyosh energiyasi kabi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish;
- hududning bioiqlim tamoyillariga muvofiq mebel va boshqalar.
Xalqaro turizmda "yashil" texnologiyalarni ilgari surish Travelife Sustainability System xalqaro tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.