Yevropaga xizmat safarida bo‘lgan Samarqand viloyati delegatsiyasi tarkibida madaniy meros obyektlari rahbarlari ham borgan.
“Riga birjasi” sanʼat muzeyi direktori Daiga Upeniece Goʻri Amir maqbarasi va Ulugʻbek rasadxonasi rahbarlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini va Amir Temur hamda Ulug‘bek kabi buyuk shaxslar haqida ekspozitsiya tashkil etishdan mamnun boʻlishini bildirdi.
"Riga birjasi" san'at muzeyi butun dunyoning turli san'at turlarini taqdim etadi, ular orasida Misr mumiyasi, 17-asrning qadimiy chinni va mashhur Yevropa rassomlarining rasmlar ko'rgazmalari, Uzoq va Yaqin Sharq ekspozitsiyalari mavjud.