Yevropalik mashhur estrada xonandasi Layma Vaikule Samarqandning turizm salohiyatini xorijda targ'ib etishda hamkorlik qiladi.


Photo

Samarqand viloyati delegatsiyasining  Yevropaga xizmat safari davomida Latviya xalq artisti Layma Vaikule bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 
Uchrashuvda, turli xil festival va tadbirlar orqali xorijiy sayyohlarni Samarqqandga jalb qilish va madaniy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Jumladan, 2024 yilda Samarqadda “Xalqaro qo‘shiq festivali” o‘tkazilishi muhokama etildi.

Shuningdek, Layma Vaikule o‘zining ijodiy safarlari va katta konsert dasturlari doirasida foto zonalarda  Samarqandning turizm salohiyatini targ‘ibot qilishda amaliy yordam ko'rsatishga tayyorligini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun: Layma Vaike Yevropa mamlaktlari hamda MDHda mashhur aktrisa, qo'shiqchi hamda xoreograf hisoblanadi. Uning "Ещё не вечер", "Чарли" kabi qo'shiqlari xalq orasida juda mashhur.