"Yoshlar turizmi haftaligi" boshlandi!
"Yoshlar turizmi haftaligi" boshlandi!
Haftalikdan ko‘zlangan maqsad - ta’til vaqtida oliy ta’lim muassasalari talabalari, maktab o‘quvchilari, mahallalardagi yoshlar hamda nogironligi bo‘lgan yoshlarning mamlakatimiz bo'ylab hamda Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish.
Haftalik doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan sayohat qiluvchi yoshlar uchun avia va temiryo‘l chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilangan.
Shu bilan birga muzey va madaniy meros obyektlariga kirish mutlaqo bepul.
1-yanvar kuni 500 nafardan ortiq viloyatimiz maktablarining faol o‘quvchilari, kam ta'minlangan oila farzandlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Samarqandning diqqatga sazovar joylariga sayohatlar tashkil etildi.