📖 “Ziyorat turizmi va odobi”- turizm sohasi mutaxassislari va ziyoratchilar uchun muhim qo‘llanma


Photo

Madaniy meros obyektlari muammolarini o'rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan “Ziyorat turizmi va odobi” nomli navbatdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqildi.

Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma ziyorat turizmining o‘ziga xos jihatlari, ziyoratgohlarga tashrif buyurish odobi, gid, ekskusiya yetakchilarining diniy mavzularda ekskusiya olib borish texnologiyalari va ularga qo‘yiladigan kasbiy talabalar hamda xizmat ko‘rsatishning halol standartlari mavzularini o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu qo‘llanma turizm sohasi mutaxassislari, gidlar, o'qituvchilar va ta'lim muassasalari talabalari, sayyohlar, ziyoratchilar uchun zaruriy amaliy va qo‘shimcha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, mazkur nashr ziyorat turizm obyektlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, sayyohlar oqimining yanada oshishiga zamin yaratadi.