Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi

Ulugʻbek rasadxonasi - Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan. Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.