Bibixonim maqbarasi

Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan.  Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qurʼon oʻqiladigan maxsus kursi) boʻlib, u dastlab asosiy bino ichida turgan.