Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi UNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatida


Photo

O‘tgan yilning sentabr oyida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum yo‘lagi YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan edi.

U uch davlatda joylashgan 31 ta obektdan iborat.

Ulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi Oʻzbekiston hududida, qolgan 7 tasi Turkmanistonda joylashgan.

Zarafshon-Qoraqum yo‘lagiga Samarqand viloyatida joylashgan tarixiy obidalar ham kiradi. Bular Kofirqal’a, Dabusiya qadimiy shahri, Jartepa II, Sulaymontepa.

Jartepa II so’g’diy ibodatxonasi Samarqanddan Pаnjikentgacha boʻlgan karvon yoʻlida, qadimda Rustak Varagsar deb atalgan hududda joylashgan.

Ushbu ibodatxonaning xarobalari beshta qurilish davrga ajratilgan arxeologik joydir.

Ibodatxonaning  ta'sirchan tashqi va boy ichki ko'rinishi, toat-ibodatlarga oid ko'plab topilmalar, karvon yo'lida joylashganligi bu inshoot sayohatchilar, ziyoratchilar, savdogarlar va boshqalar uchun ibodatxona bo'lib xizmat qilganini isbotlaydi.

Jartepa II soʻgʻd madaniyatining qanchalik yuksak bo‘lganligini koʻrsatdi va so‘g‘dliklarning moddiy va ma’naviy hayoti haqidagi tushunchalarni ancha boyitdi.