Diqqat tanlov!


Photo

Diqqat tanlov!

Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagicha:

Ssenariy 3 minutlik videorolik uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;

Ssenariy Samarqandning diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lishi kerak;

Ssenariy yozish talablariga to‘g‘ri kelishi kerak (ekspozitsiya, kulminatsiya, final);
Adabiy til normalariga javob berishi kerak;

Asoslantirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak;

Tanlov ishtirokchisi (ssenariy muallifi) sifatida O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlov ishtirokchisi faqat bitta ssenariy bilan Tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ssenariylar tanlov tashkilotchilari tomonidan baholanadi. Tanlov g‘olibi bir nafar bo‘lib, u joriy yil 20-aprelga qadar 30 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ko‘hna va navqiron Samarqand shahrining jozibasini va o‘z salohiyatingizni namoyish etishga shoshiling!

“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylarni quyidagi elektron manzilga jo'natishingizni so'raymiz massmedia@nationalprcentre.com.