Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.


Photo

Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand shahri va Samarqand tumani 30 dan ortiq maktablarining bitiruvchilari mazkur texnikumda ta’lim yo‘nalishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bo‘lajak abituriyentlarda ta’limning 2+2 tizimidagi yangi modeli, shuningdek, texnikum bitiruvchilarining ishga joylashish tartibi, xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlari, shuningdek, texnikumning zamonaviy moddiy-texnik bazasi katta qiziqish uyg‘otdi.