Boshqarma haqida

Photo

Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

• Turizmni rivojlanish holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;

• Turizm turlarini ko‘paytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turrzmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

• Turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yo‘nalishlari bo‘ylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infuatuzilmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

• Turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta‘minlash choralarini ko'radi;

• Mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlar ijrosini ta‘minlaydi;

• Turizm sohasining turli yo‘nalish va turlarining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha chora-tadbirlarga takliflar ishlab chiqadi;

• Viloyatning turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;

• Turizm faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, viloyatda yangi turizm

• Yo‘nalishlari ochilishini ta‘minlash, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirib boradi;

• Turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashni amalga oshiradi;

• Viloyatda vazirliklar, idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlarning turizm sohasidagi ishini muvofiqlashtiradi;

• Viloyatda turizm sohasiga tegishli bo‘lgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta‘minlaydi;

• Turizm sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar hududda o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi;

• Viloyatdagi turizm faxriylari boshqaruvining boshqa hududiy organlari masalalarini hal etadi;

• Va boshqa mutaxassislarni davlat bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish viloyatda turizmni rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;