"KONIGIL" turizm qishlogʻi
Konigil turizm qishlogʻi 2021-yilda tashkil etildi. Amir Temur Samarqand va uning atrofini obod qilishga kirishadi. Chunonchi, u Konigilda Nakshi Jahon deb ataluvchi bogʻ barpo etadi. Samarqand hukmdorlari har yili yozda u yerda 1— 2 oy dam olishgan. Bu vaqtda Konigilda koʻplab shohona shiypon, choyxona, oshxona, chodirlar oʻrnatilgan, dam oluvchilar koʻnglini yozish uchun koʻzboyloqchilar, qiziqchilar, dorbozlar turli oʻyinlar koʻrsatgan. Shuningdek, bu yerda turli ommaviy sayil va tantanalar ham oʻtkazib turilgan. Hozirgi kunda Samarqand qogʻozi, kulolchilik zardoʻzchilik va boshqa hunarmandchilik va 29 dan ortiq turizm xizmatlari mavjud.