Preziden qarori


Photo

2022 yil 24 dekabr kuni “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–455-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
                                                                                      

Qarorga muvofiq:
                                                                                  

Samarqand viloyatining Payariq, Samarqand va Toyloq tumanlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarori bilan tasdiqlangan Mehmonxona (joylashtirish), savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladigan tuman va shaharlarro‘yxatiga kiritiladi.
                                                                                                     2026 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’ektlari:

-  belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga asosan 4 yulduzli va undan yuqori toifaga ega bo‘lgan mehmonxonani tashkil qilish va/yoki faoliyatini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, maxsus texnikalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, xomashyo va materiallar, o‘simliklar, mebel, inventarlar va boshqa zarur bo‘lgan tovarlarni olib kirganda bojxona bojini to‘lashdan;

-  Samarqand turistik markazi hududida ob’ektlarni qurish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.