#Yoshlar_turizimi_haftaligi
"Yoshlar turizmi" haftaligi doirasida Qoʻshrabot tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilari sayohat qilish uchun koʻhna va navqiron Samarqand shahriga kelishdi.
Oʻquvchilar Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylaridan: "Amir Temur" maqbarasi, "Registon" majmuasi, Hunarmandlar markazida boʻldilar. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov haykali va qabrini ziyorat qilishdi. Shuningdek, "Silk Road Samarkand" turizm markazida sayohatlarini davom ettirmoqdalar.